Yog‘ochdan ajratilgan chiqindini sotishda egasidan so‘rash

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ma’lumki, katta hajmdagi yog‘ochlarni kerakli o‘lchamga kesish orqali ajratiladigan qipiqlar (opilki), o‘sha kesilgan joy egasida qolib ketadi va uni to‘plab olib alohida narxda sotiladi. Mana shu qipiqlarni sotish uchun yog‘och egasining roziligini olish kerakmi yoki qaytarib berish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yog‘och egasining roziligini olish kerak.

26 Май 2022, 18:19 | Савол-жавоблар | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar