Birovga sotish uchun mahsulot berish haqida

Assalamu alaykum, hurmatli shayx hazratlari. Men bozorda shim sotaman. Bozordagi boshqa shimfurushlarga xaridor kelib biror shimini yoqtirsa-yu lekin u xaridorga mos keluvchi o‘lchami chiqmasa, xaridor o‘zi “qo‘shnilardan bo‘lsa ham topib bering” deydi yoki shimfurushning o‘zi “hozir topib olib kelaman”, shunga o‘xshash gapni aytadi va mening oldimga keladi va mendan olib borib sotadi. Biz u shimfurush bilan shimlarni narxini oldindan 45000-48000 qilib belgilaganmiz va u 2000-5000 atrofida o‘ziga foyda qo‘yib sotadi. Shu ishimiz to‘g‘rimi? Alloh sizni yaxshi oqibat bilan mukofatlasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xaridorni aldamasanglar, to‘g‘ri.

26 Май 2022, 18:31 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar