Ma’ruzangizda eshitgan edim

“Bir odam namozini o‘qib bo‘lgandan keyin, yonidagi birodari “Ey birodar, qaysi namozni o‘qidingiz” desa, namozini qabul bo‘lish darajasi ko‘p bo‘ladi” degan edingiz. Men bir o‘zim bo‘lganimda telefonimga : “Ey birodar, qaysi namozni o‘qiding” deganini telefon orqali ayttirsam bo‘ladimi? Yoki tirik odam bo‘lishi kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Unday emas. Birov namoz paytida xayoli qochdi. Namozi qabul bo‘ladigan darajadami yoki yo‘qmi ekani shubhali bo‘lib qoldi. Shunda birov qaysi namozni o‘qiding, desa, o‘qigan namozini aniq aytsa, namozni qabul bo‘ladigan darajada o‘qigan bo‘ladi. Qayta o‘qishi shart bo‘lmaydi.

26 Май 2022, 18:54 | Савол-жавоблар | 127 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar