Sochni tepadan yig‘ish
Assalamu alaykum hurmatli shayx Hazratlari. Bir masalada ikkilanib qoldik. Shuning uchun sizdan so‘rashga qaror qildik. Pastda keltiriladigan fatvoga muvofiq, sochni yuqoridan yig‘ib yuradigan ayollar la’natlangan ekan. Lekin ilmli ayollardan so‘raganimizda “Bu toifa johil ayollar haqida aytilgan” dedilar. Iltimos, shu fatvoga oydinlik kiritib bersangiz va bu mumkinmi, shunga oydinlik kiritib bersangiz. Oldindan tashakkur. Mana fatvoning rus tilidagisi: Vopros: "Kakov xukm v otnoshenii jeninы, sobirayuey volosы na makushke golovы?". Otvet: "Esli volosы sobranы na makushke golovы, to togda, soglasno mneniyu uchenыx, takaya pricheska zapreena, tak kak Prorok (da blagoslavit ego Allax i privetstvuet) predupredil nas ob etom v svoix slovax: “Ya do six por ne videl dva vida adskix muchenikov. Eto — lyudi, kotorыe derjat v rukax pleti, poxojie na korovi xvostы, i byut imi drugix, a takje odetыe, no v to je vremya obnajennыe jeninы, kotorыe sklonyayutsya v storonu i prizыvayut k etomu drugix, a ix golovы poxoji na pokachivayuiesya verblyuji gorbы. Oni ne popadut v Ray i daje ne pochuvstvuyut ego blagouxaniya, nesmotrya na to, chto ono budet ouatsya na takom-to rasstoyanii».(Muslim, 3971). On upomyanul jenin, kotorыe budut odetы, no v to je vremya razdetы, ix golovы budut podobnы gorbam verblyudov buxt (opredelennыy vid verblyuda), sklonennыe v odnu storonu. Takim obrazom, zapreeno sobirat vse volosы na makushke golovы. Odnako, esli volosы nispadayut na sheyu, naprimer, to net v etom nichego ploxogo, esli tolko, konechno, jenina ne idet tak na rыnok. V takom sluchae eto budet vыstavlenie na poka ee ukrasheniy, tak kak ob’em ee volos i pricheska budut legko razlichimы, daje buduchi pokrыtыmi verxney nakidkoy. Sledovatelno, eto budet yavlyatsya vidom vыstavleniya ee krasotы na pokaz i istochnikom i istochnikom iskusheniya. Poetomu, eto budet ne razresheno". Sheyx Ibn Useymin Iz knigi “Fataua al mar’ati”, sostavitel – sheyx Muxammad bin Abdul-Aziz al-Musnad.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ahli do‘zaxdan ikki toifasini ko‘rmadim: Bir qavmiki, qo‘llarida sigirning dumiga o‘xshash qamchilari boru ular ila odamlarni ururlar. Bir ayollariki, ular kiyimli yalang‘ochlar, yo‘ldan ozdiruvchilar, yo‘ldan ozuvchilar. Boshlari xuddi tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi. Ular jannatga kirmaslar va uning hidini ham topmaslar. Albatta, uning hidi buncha va buncha masofadan kelib turur», dedilar». Muslim rivoyat qilgan. Mazkur manbalarni o‘qish shunga o‘xshash tushunmovchiliklarga olib boradi. Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam do‘zax ahlining ikki toifasini va ularning nima uchun shunday baxtsizlikka duchor bo‘lganlarini bayon qilmoqdalar. «Ahli do‘zaxdan ikki toifasini ko‘rmadim» Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu gaplaridan ushbu rivoyatda vasf qilinadigan kishilar o‘sha vaqtda voqelikda bo‘lmaganlari, balki kelajakda chiqishlari tushuniladi. O‘sha toifadan birinchisi: «Bir qavmiki, qo‘llarida sigirning dumiga o‘xshash qamchilari boru ular ila odamlarni ururlar». Bular zaiflarga, o‘z qo‘l ostidagilarga zulm o‘tkazadigan zolimlardir. Darhaqiqat, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu gaplari yuzaga chiqdi. Odamlarga zulm o‘tkazadiganlar ko‘paydi. Odamlarni anvoyi azoblarga soladiganlar urchidi. Binobarin, shu zulm sababidan do‘zaxga o‘tin bo‘ladigan zolimlar ham ko‘paydi. O‘sha do‘zax ahllarining ikkinchi toifasi; «Bir ayollariki, ular kiyimli yalang‘ochlar» Ya’ni, o‘zlari kiyim kiyib yuradilar-u, aslida yalang‘ochdan farqi yo‘q. Kiyimi kaltaligidan ko‘kraklari, bilaklari, ba’zida oyoqlari yo‘g‘on sonlarigacha ochilib turadi. Shuningdek, kiyimi yupqaligidan kiyim deb atalgan narsaning ostidagi jamiki narsa boshqalarga ko‘rinib turadi. Ular bu qilmishlari ila, «yo‘ldan ozdiruvchilar»dir Ana shunday ishlari bilan boshqa ayollarni ham yo‘ldan ozdiradilar. Ayniqsa, yosh qizlarni o‘zlariga ergashtirib, yo‘ldan ozdiradilar. Shuningdek, ko‘cha-ko‘yda, jamoatchilik joylarida mazkur sharmandali holatda yurib, erkaklarni ham yo‘ldan ozdiradilar. Shilqimlikka, zinoga chorlaydilar. Ular yana o‘zlari ham «yo‘ldan ozuvchilar»dir Yo‘ldan ozmagan bo‘lsalar, kiyimli yalang‘och bo‘lib ko‘cha-ko‘yda tentirab yurarmidilar?! Ularning «boshlari xuddi tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi». Chunki «moda» deb boshlariga turli-tuman narsalarni o‘rnatib olgan bo‘ladilar. Shuningdek, faqat boshi emas, o‘sha boshidagi miyalari ham qiyshayib qolgan bo‘lsa ajab emas. Bo‘lmasa, kiyimli yalang‘och bo‘lib, o‘zi ham yo‘ldan ozib, o‘zgalarni ham yo‘ldan ozdirib yurisharmidi?! Ularning bu qilmishlari jazosiz qolmaydi. Bu dunyoda turli-tuman mashaqqatlarga, balo-ofatlarga uchrashlarini tajriba ko‘rsatib turibdi. Ammo u dunyodagisi ochiq-oydin: «Ular jannatga kirmaslar va uning hidini ham topmaslar». Ha, unday sharmanda ayollar jannatga kirish u yoqda tursin, unga yaqin ham kela olmaydilar. Hidini ham topa olmasliklari shunga dalolat qiladi. Vaholanki, «Albatta, uning hidi buncha va buncha masofadan kelib turur» Ba’zi rivoyatlarda «Qirq yillik masofadan», deyilgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning bu aytganlari ham yuzaga chiqdi. Ayollar ichida xuddi shu hadisi sharifdagi tasvirga mos keladiganlari ko‘paydi. O‘zini bilib muhtasham, iboli kiyingan ayollar qoloqlikda, madaniyatsizlikda ayblandilar. Ularning ro‘mollari boshlaridan tortib olindi. O‘zlari odobli kiyinganlari uchun turli-tuman qiyinchiliklarga duchor bo‘ldilar. Ushbu hadisi sharifni yaxshilab tushunib, unga amalni kuchaytirish kerak. Oramizda kishilarga zulm o‘tkazadiganlar, shu sababli do‘zax ahli bo‘ladiganlar yo‘q bo‘lishi uchun kurashmog‘imiz kerak. Ayol-qizlarimiz ichida kiyimli yalang‘ochlar va boshqalarning urfiga ergashadiganlar umuman bo‘lmasligi uchun harakat qilmog‘imiz lozim.
26 Май 2022, 18:56 | Савол-жавоблар | 159 | Turli savollar