Bu kitobcha islomiy ilmlar doirasidami?

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Qo‘limda ko‘p yillardan beri foydalanib kelayotgan "Haftanoma" kitobchasi bor. Bu kitobcha islomiy ilmlar doirasidami yoki shirkmi? Iltimos yordam bering. Shirk bo‘lsa, yoqib yuboraman. Noshir: T. To‘raboev. 10. Noyabr. 1990yili chop etishga buyurilgan. Muqadimasida quyidagicha yozilgan: "Ushbu haftanoma Yusuf alayhisalom ta’birnomasidan olindi. Unda insonning kundalik hayotida ro‘y beradigan turmush hodisalarining ta’biri bayon qilingan. Risolada haftaning har bir kunida ro‘y beradigan u yoki bu ma’ishiy xodisalarning inson hayotiga bo‘lgan ta’siri astrologic nuqtai nazardan izohlangan. " Talab etilsa, har bir sahifasini rasmga olib jo‘nataman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men bu kitobchani ko‘rganim, bilganim yo‘q. Ammo siz yozgan so‘zlarning o‘zidan bu shirk va kufrdan boshqa narsa emasligi yaqqol ko‘rinib turibdi.

26 Май 2022, 19:08 | Савол-жавоблар | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar