Qasami buzilganligini bilmasa nima qiladi?

Bizning bir akamiz quyma muzqaymoq sotar edi. U akamizning sigaret chekishini yaqinda bilib qoldim va Allohning nomi bilan “agar chekishni tashlamasangiz, sizning muzqaymog‘ingizdan emayman” deb qasam ichdim (bundan oldin hech ham qasam ichmaganman, albatta, bu ishni yaxshi niyatda qilgandim). Bir kuni akamiz chekishni tashlaganini va muzqaymoqni bemalol istemol qilishim mumkinligini aytdi. Xursand bo‘lib, bir necha kun muzqaymoq eb yurdim. Biroq keyinroq akamizning yana chekayotganini ko‘rib qoldim. Endi menga kafforat lozim bo‘ladimi yoki bilmaganligim uchun uzrli bo‘lamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uzrlisiz.

26 Май 2022, 19:08 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar