Safardagi namoz buzilganda

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bu savolni bir do‘stimning nomidan yo‘llamoqdaman. Do‘stim safarda yurgan vaqtida asr namozini o‘sha erlik imomga iqtido qilgan holda, 4 rakat to‘lik o‘qigan. Do‘stimning ilmi borligi sababli, namozda buzilganlik holatini aniqlab qolgan. Lekin imomga bu haqida ayta olmagan, ya’ni, aytishga jur’at eta olmagan. Do‘stim uyga qaytgandan so‘ng, shu namozni qazo qilib o‘qimoqchi bo‘lgan va ushbu savolni sizdan so‘rab berishlikni iltimos qildi. Savol: Shu namozning qazosini 4 rakat qilib o‘qish kerakmi eki 2 rakat qilib o‘qish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- 2- rakat.

26 Май 2022, 19:15 | Савол-жавоблар | 191 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar