Shu tarzda savdo qilish to‘g‘rimi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bizga berayotgan saboqlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Bizning tomonlarda anchadan buyon mevalar sotiladigan vaqtda xaridor talabi bilan har bir meva yashiklari uchun umumiy tonnadan bir yarim kiloggram chiqariladi. Masalan bir yashik meva 9 kg bo‘lsa unda 7, 5 kg ga pul olinadi. Bunga dehkon ham rozi. Aslida bu yashiklar juda borsa 1 kg chiqadi. Shu ishlarimiz to‘g‘rimi? Men eshitgan bir hadisda bunaqa masalada bo‘sh qop va shunga o‘xshash narsalar uchun qop nega gramm chiqsa shuncha chiqarilishi kerak ekan. “Alloh harom qilgan narsani bandalarni roziligi halol qilmadi” deb eshitganman. Bizda hatto ilmi bor qori akalar ham shu tarzda meva sotib olishadi. Bu tarzdagi savdoga shariyatimiz nima deydi? Iltimos batafsil tushintirib bering. Sizning javobingiz men va ko‘pchilik uchun juda muhim. Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday qilish mutlaqo noto‘g‘ri. Idishning og‘iliginigina chiqarish kerak.

26 Май 2022, 19:19 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar