Qarz olish masalasi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir tanishimdan qarz olishni mo‘ljallab turibman. Bu qarz masalasi halol va shubhadan holi bo‘lishiga ikkovimiz ham harakat qilmoqchimiz. Quyidagi usullardan qaysi biri halol bo‘ladi: 1. Men undan 100 pul qarz olaman, guvoh oldida yozganimizda 100 pul oldim falon muddatda 150 pul qilib qaytaram deb kelishiladi va 150 pul qaytariladi. 2. Men undan 100 pul qarz olaman, guvoh oldida yozganimizda 150 pul oldim falon muddatda 150 pul qilib qaytaram deb kelishiladi. Ustoz agar bu ikki yo‘l xato bo‘lsa qanday yo‘l tutishni masahat berasiz? Alloh hammalarimizdan rozi bo‘lsin, Amin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi ham ribodan boshqa narsa emas. Bunday qilish mutlaqo mumkin emas.

26 Май 2022, 19:25 | Савол-жавоблар | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar