Taomlarning Ramazondagi narxlari…
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ma’lumingizkim, Ramazon oyi xayr-u sahovat oyi. Undagi sadaqotlar, ehsonlar boshqa oylarga nisbatan afzalroqdir. Ko‘pgina musulmon davlatlarida ba’zi taomlar tekinga ulashiladi. Masalan Turkiya, Eron va ba’zi arab davlatlarida narx navo pasayadi. Saudiya Arabistonida esa xurmo tekinga hadya sifatida tarqatilib yuriladi va hakazo. Lekin negadir bizda nuqul Ramazon keldi deguncha hurmo, mineral va gazli ichimliklar, tarvuz, go‘sht va shunga o‘xshash ko‘p iste’mol qilinadigan narsalarning narxi avvalgi narxga nisbatan 10-15 % ga oshadi. Bu haqda savdogarlarimizni insofga chaqirish kerakmi deb o‘ylab qolaman. Shu haqda ma’ruzalaringizda bir og‘iz gapirib o‘tsangiz ancha yaxshi bo‘lardi. (Savolim qo‘polroq bo‘lsa, avvaldan uzr).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytasiz.
26 Май 2022, 19:50 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri aytasiz.
26 Май 2022, 19:50 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar