Internet orqali pul ishlash turlari

Assalomu alaykum, hurmatli shayx Hazratlari. Savolim bugungi kundagi internet orqali pul ishlash yo‘llari haqida: 1. Sizga kapcha*ni terish so‘raladi. Har bir terilgan so‘z/raqam uchun hisobingizga kamida 0.01 rubldan tushadi (https://www.captcha.ru/captcha.gif)* 2. Sizga qaysidir bir saytga kirishingiz va u erda muayyan vaqt (20-60 soniya) qolishingiz so‘raladi. Har bir kirgan saytingiz uchun ma’lum miqdorda hisobingizga avtomatik tarzda pul tushadi. 3. Sizga biror bir vazifa bajarilishi so‘raladi, Vazifalar turli xil bo‘lishi mumkin: qaysidir saytda ro‘yxatdan o‘tish, e-mail orqali obuna bo‘lish, qaergadir/nimagadir izoh berish (kommentariy), nimanidir yuklab olish va shu kabi mayda ishlar. Bulardan topiladigan pul halolmi? Javob uchun avvaldan tashakkur. Shu kabi savol avval berilgan bo‘lsa ming bora uzr. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha faoliyatlar shariatga xilof ishlarga yordamchi bo‘lmasligi shart.

26 Май 2022, 20:01 | Савол-жавоблар | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar