Merosdagi ulush
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizdek olimni etkazgan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin. Bu savolni bir singlimiz iltimos qilgandilar. Biz 4 qizmiz, ota-onamizdan hovli meros qoldi. 2 qizning uy-joyga muhtojligi yo‘q, 2 qizga uy kerak. Hamma qizlar erga tekkan. Shu joyga ichimizdagi eng o‘ziga to‘q opamiz ega chiqdilar. Sababi qolganlarning ulushini berishga bizda imkonimiz yo‘qligi. Shu uyni o‘z narxidan ancha past narxda shu opam sotib olgan bo‘ldilar. Lekin bizlarga juda kam pul tegdi, agar begonaga sotganimizda, hamma qiz 1-2 honali uy sotib olardi. Biz qarshilik bildirsak “Senlarning niyating uylik bo‘lib qolishmi, uyni erlaring olsin, senlar shu opanga silai rahim qilgin” deb aytishdi. Hazrat shu ishlari to‘g‘rimi? Silai rahimning ma’nosi nima? Silai rahim qilish qanday bo‘ladi? Kimlarga qilinadi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday qilish mutlaqo noto‘g‘ri. To‘rt qiz barobar bo‘lib olishlari kerak. Uyni betaraf, mutaxassis odam baholaydi.
26 Май 2022, 20:01 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar