Paynet haqida yangi savol

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Adashmasam 2014 yilning mart oyi boshlaridan paynet orqali telefonga pul solinganda pulni hammasi foiz olinmasdan mijoz raqamiga tushayapti, ba’zi paynetchilar xizmat haqqi olishyapti, ba’zilar olishmayapti. Savol: Shu holatda paynetchiga (usluga) xizmat haqqi berish durustmi (menimcha paynetchilarga paynet kompaniyasi maosh bersa kerak)? Bu savolni berishimdan maqsad, xizmat haqqi olmaydigan paynetni topish qiyin, mushkul. Shuning uchun xizmat haqqi oladigan paynetdan foydalansak bo‘ladimi? Bu ish riboning 72 xil turidan biriga mos kelmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.

26 Май 2022, 20:05 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar