Ishxonada aksi urgandagi holat haqida

Assalamu alaykum, hurmatli Ustoz Shayx Hazratlari! Meni bir holat qiziqtirib kelmoqda. Ma’lumki biz musulmonlar aksa ursak alhamdulillah deymiz. Endi xuddi shu holat chet elda ish jarayonida, yon-verida odamlar turganida sodir bo‘lsa, aksa urgan odam atrofidagilardan kechirim so‘rab qo‘yadi. Bu holatni o‘zimizda ham ba’zi joylarda kuzatish mumkin. Shunga savolim bu holatda nima qilgan yaxshi? Holatga qarab atrofdagilarga “kechirasizlar” deb qo‘yish mumkinmi, albatta hamd aytgandan so‘ng yoki hamdni o‘zi bilan kifoyalanish etadimi? Oldindan rahmat, hurmatli Ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hamd aytgan kifoya qiladi.

26 Май 2022, 20:09 | Савол-жавоблар | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar