Omonat va etimning xaqqi
Savolim shundaki, men dugonam deb yurgan ayoldan juda xafaman. Sababi men bilan birga ishlar edi, men boshqa ishga o‘tadigon bo‘ldimu o‘sha ayolni nomiga ishonchnoma yozib berdim, vaqti kelib oylik pulimni u oldi va menga ayoldan pulimni olishimni xabar berishdi. Men u yashayotgan joyga bordim va so‘rasam uni ko‘chib ketdi, deyishdi. Menga aytishlaricha, men borishimdan 3 soatcha oldin ketgan emish. Qiziq joyi men unga qachon borishimni ogohlantirgandim, u esa ketgan. Meni ko‘nglim og‘ridi, qiynalib peshona teri qilib ishlagan pulimni menga berilishi kerak bo‘lgan omonatni u bermasdan ketvorgan, yana bu pul ikki otasiz farzandlarning haqqi edi axir. O‘zini ham otasiz katta qilayotgan qizchasi borku o‘ylamadi. Men ko‘nglimda o‘zimcha aytdim, agar o‘sha omonat 3 kun ichida menga berilmasa, men bu haqqimni, omonatimning haqqini qiyomatga qoldiraman, qiyomatda so‘rayman, deb qo‘ydim. Aytingchi, shu to‘g‘rimi yoki biror maslahat berasizmi, nima qilay endi? Men ham uni qiynalib yurishiga qarshiman, u ham ayol.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Izlab topib, haqingizni oling. Ishxonaga borar.
26 Май 2022, 20:17 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Izlab topib, haqingizni oling. Ishxonaga borar.
26 Май 2022, 20:17 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar