Etim qolgan jiyanimning merosi

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz o‘tgan yili akam Allohning omonatini topshirgan edi va u kishidan bir o‘g‘il farzand qoldi. Men sizdan bu etim bola haqida so‘ragandim, siz bolaga meros berilishini aytgan edingiz. Endi bizda shu bolaga qancha miqdorda meros berilishi va qachon berilishini bilish masalasi turibdi. Akamning men bilgan biror bir boyligi yo‘q edi, biror bir ko‘chmas mulk ham u kishining nomida emas edi, ya’ni yashaydigan uy va mashina ham dadamning nomida. Dadam hali hayot (Allohga shukr!) va meros haqida hech kim o‘ylagani yo‘q. Akamning xotini allaqachon o‘zining otasining uyida. Mana shu holatda merosni qanday qilib taqsimlanadi va akamning o‘g‘ilchasiga qancha ulush beriladi? Va bu ulush bola voyaga etgandan keyin o‘ziga beriladimi yoki akamning xotiniga shu bolaning ulushi deb berishimiz kerakmi? Ayolga ham ulush beriladimi? Savolim ko‘payib ketgani uchun uzr ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Dadangiz oltidan birni, akangizning ayoli sakkizdan birni oladi. Qolgani akangizning o‘g‘liga bo‘ladi.

26 Май 2022, 20:18 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar