Kvas tarkibidagi spirt

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, saytdagi kvas haqidagi bir qancha savol va javoblarni o‘qib chiqdim. Men kimyo yo‘nalishida oliygohda taxsil olaman. Oliygohdagi o‘qituvchim va o‘zimning shaxsiy izlanishlarim hamda internet ma’lumotlari orqali kvas tarkibida o‘rta hisobda deyarli barcha kvas turining 100 gramida 1-2 gram alkagol ya’niy etil spirti mavjud ekan. Ko‘pi mast qiluvchi narsaning ozi ham harom – hukmiga binoan ushbu mahsulot harom bo‘lmaydimi? Alloh taolo ushbu qilayotgan ishlaringizga ko‘plab ajrlar ato qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom bo‘lmaydi. Chunki bu mast qiluvchi ichimlik emas. Siz aytgan narsa Qur’onda halolligi zikr qilingan juda ko‘p boshqa narsalar tarkibida ham bordir. Vallohu a’lam!

20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar