Taloq tushmaganmikin?

Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz avvalgi savolimga javobni oldim, ya’ni ushbu (savolni to‘liq holda yozmadim) Men ham ancha jahlga minganimni sezdimda xonadan chiqib ketdim. Chiqishdan oldin men qaynotamga 1) Ertaga qizingiz qaytadi yoki 2) Qaytarvolorasiz yoki 3) Qaytadi deb, xonadan chiqib ketdim. Shu paytda aniq esimda yo‘q, nima deganimni eslay olmayman. Shu uchchala so‘zdan birini aytganman.. Javob: Taloq niyatida aytmagan bo‘lsangiz, tushmaydi. Men usha paytlarda nima niyatda aytganimni aniq ravshan eslolmayapman, rosa harakat qilyapman, esimga kelmayapti. Bir narsa aniqki, qaynotam gapirgan gapidan afsus qilsin, “voy kuyovimga nimalar deb qo‘ydim, endi qizimni taloq qivorarmikinaaa” deb o‘ylab qattiq qo‘rqib ketsin deb, yuqoridagi 3 ta so‘zlardan birini aytib, xonadan chiqib ketganman. (Qaynotam o‘shanda “sizga qizimni ish tayini bor degani u-n berganman, qani ishing yo‘q, rossiyada yuribsanku” degandi. Bu gaplari og‘ir botib uchchala so‘zdan biri aytvorgan edim. Hazrat endi o‘sha paytdagi niyatimni eslolmayapman. Endi nima qilay? Eslaganimni yozdim ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi masalalarni jonli majlisda, guvohlar va ishtirokchilar bilan birgalikda hal qilinadi.

26 Май 2022, 20:25 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar