Nikohning muddati qancha?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Hazrat bir masala bo‘yicha hech ham tushuna olmayapman. Erim bilan o‘rtamizda taloq tushgan!! Nikoh o‘qitishga ulgura olmadik, erim Moskvaga zudlik bilan ketib qoldilar. Endi u kishi 1 yil yoki 2 yildan keyin keladilar. 2 yildan keyin kelsalar ham nikoh o‘qitsak bo‘laveradimi, yoki iddam chiqqandan keyin zudlik bilan nikoh o‘qitish kerakmi? Taloqdan keyin ham nikohning muddati bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taloq uchta bo‘lmasa, raj’iy bo‘lsa, idda chiqquncha qaytsa, nikoh kerak bo‘lmaydi. Idda chiqquncha qaytilmagan bo‘lsa, albatta yangitdan nikohlanish kerak bo‘ladi.

26 Май 2022, 20:27 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar