Domlalarning pora olishi
Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men oliygohda o‘qiyman, oilaliman va 1 ta farzandim bor. Men o‘qiydigan oliygohni hamma “pulxoz” deyishadi. Chunki u erda o‘tirsa ham, tursa ham, suv ichsa ham pul. . . . Xullas, domlalar bahoyimizni qo‘ymasdan, ketidan yugurishimizga majburlashadi, va oxirida “faloncha pul berasan, bo‘lmasam 3 yoki 2 olasan” diyishadi. Ular bizga a’lo bo‘lmasa ham yaxshi baho kerakligini bilishadi. 4-5 ball uchun juda katta pul so‘rashadi. Biz amallab uyimizdan zo‘rg‘a olib, juda norozi bo‘lib oborib beramiz. O‘qisak ham baho qo‘yishmaydi. Qo‘yishadi, lekin juda past qo‘yishadi. Bahoyimiz 4 bo‘lsa, stipendiyamiz ham ko‘proq bo‘ladi. Shuni bilib, ular stavka qo‘yvolishgan. 5 baho – 100 ming, 4 baho -80 ming, 3 baho - 60 ming. . . Hatto 1 ta fan uchun 100$ so‘raydiganlar ham bor ekan va berdik ham. . . . . Shu holatda men gunohkor bo‘lib qolmaymanmi? Axir men ularga bahoyimni qo‘yishi uchun "pora" beryapman. Pora bergan ham, olgan ham gunohkor bo‘lishini eshitganman. Pul berishim joizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha odamlarni “domla” deb ham bo‘lmaydi. Poraxo‘r deyish kerak. Ularning gunohi boshqa poraxo‘rlardan ko‘p bo‘ladi. Chunki ular ilmni xorlashmoqda. Ko‘pchilikni shunga o‘rgatishmoqda. Sizga hech kim o‘sha ishni qilishga ruxsat deb fatvo bera olmaydi.
26 Май 2022, 20:29 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar