Feysbukda do‘stlashish

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Do‘stim chet elda yashaydi va ishlaydi. O‘qigan dargohida ham, ishlayotgan joyida ham turli millat va din vakillari bilan do‘stlashgan va bu do‘stlik ijtimoiy tarmoqlarda, masalan Feysbukda ham o‘z aksini topgan. Dinimiz bilan bir oz yaqindan tanishgach, boshqa din vakillari bilan do‘stlashish mumkin emas ekan, Feysbukda esa ular hammasi "Frend", ya’ni "Do‘st" bo‘limi ostida jamlangan deb, ularni "do‘st" likdan chiqarib tashlayapti. Men unga “bu haqiqiy do‘stlik emasku, ular bilan yaqin do‘stlar kabi munosabatda bo‘lmasang bo‘ldiku, "Do‘st" bo‘limi ostida turgan bo‘lishsa ham ularni kursdoshing yoki hamkasbing ekanligi ma’lumku” desam ham mening fikrimga qo‘shilmadi. Bunday "do‘st"lik ko‘pchilik qatori menda ham mavjud. Bu holatda kimning fikriga amal qilgan ma’qul?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Shariatda ular bilan man qilingan narsa, sirdosh do‘st bo‘lishdir.

26 Май 2022, 20:38 | Савол-жавоблар | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar