Mavlidi Nabiy alayxissalom muborak!

Shayx Hazrat! Muhtaram Ustozimiz hamda Islom.o‘z portali hodimlari va sayt a’zolari! Bizlarni mana shunday yorug‘ kunlarga etkazgan, qalblarimizga iymon nurini joylab qo‘ygan, O‘zining cheksiz ne’matlarini tinimsiz sochib turgan Alloh subhanahu va taolloga O‘zini O‘zi maqtab aytgan sanolar ila hamdu sanolar bo‘lsin! O‘zidan keyin payg‘ambar bo‘lmagan, butun olamlarga rahmat bo‘lib kelgan, sarvari koinot Muhammad Mustafo sollolohu alayhi vassallamga Alloh subhanahu va taolloning cheksiz salovatu salomlari va durudlari bo‘lsin! Rasuloloh sollollohi alayhi vassallamdan ta’lim olib, qalblarida sof iymonni saqlab, Allohning dini Islom yo‘lida mollari-yu, jonlarini ayamagan, Qur’oni Karimni, Rasululloh sollollohu alayhi vassallamning sunnatlarini sof holida bizgacha etib kelishini ta’minlagan ashobi kiromlarga Alloh subhanahu va taolloning rahmatlari bo‘lsin! Mavlidi sharif munosabati bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Dinimiz yo‘lida holisona chekayotgan zahmatlaringizni, ilm berish, ilm olish uchun duch kelayotgan mashaqqatlaringizni Allohnining O‘zi yuksak mukofotlari bilan mukofatlasin, ajru savoblar yozsin. Hulqu odobda benazir bo‘lgan payg‘ambarimiz s.a.v.ga loyiq ummat bo‘lishligimizni nasib etsin! Omin! Ojizana tabrigimni va sizlarga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul aylang! Mavlidi Nabiy alayxissalom muborak bo‘lsin!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Tashakkur! Sizga ham muborak bo‘lsin!

26 Май 2022, 20:42 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar