Ustoz ilmiy ishimizga duo qiling

Alloh haq taolo umringizni barokatli qilsin. Biz ilmi g‘ariyb bo‘lgan bandalarni o‘ylab, yozgan qo‘l-yozmalaringizga sizdan Alloh rahmat va marhamatini va mag‘firatini ayirmasin. Shu o‘rinda biz jamoamiz bilan sizga katta tashakkurlar aytamiz. Alloh taolo bandalariga buyurgan farzlarini hamda payg‘ambarimiz, habibimiz muhtaram Muhammad s.a.v.ning sunnatlarini to qiyomatga qadar umum bashar uchun nafaqat oxirat foydasi balki shu dunyoning o‘zida salomatlik uchun koni foyda ekanligini, ilmiy isbotlash uchun ilmiy ishlar va tajribalar boshladik. Masalan: Barcha musulmonlar uchun har xaftaning Juma namozi oldidan yoki farz lozim bo‘lib qolgan paytda G‘uslni amalga oshirilishi. (G‘uslda burunga suv tortish) Insonni "Gaymorit" va "Frontid"ga olib boruvchi dardlarni oldini oladi. Yoki namozdan oldin sunnat amal bo‘gan Misvoqdan foydalanish bugungi kunda 35 yoshli odamlar o‘rtasida to‘rttadan bitta odamda uchraydigan "parodantit" ya’ni milkning kasallanishini oldini oladi. Shunga o‘xshash bir qancha ma’lumotlarni to‘plab, ularni o‘rganib bormoqdamiz. Ustoz qo‘l yozmalarimiz, izlanishlarimiz samarisi, insonlar uchun foydali bo‘lishida duo qiling. Bizlar uchun ajratgan vaqtingizga, Alloh taolo yanada ziyodali, foydali va barokatli vaqt ato etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo ishlaringizni samarali va foydali bo‘lishini nasib qilsin!

26 Май 2022, 20:46 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar