Bolani xatna qilish
Sizga ikki dunyo saodatini tilab, quyidagi savol bilan bezovta qilishga ruxsat bersangiz. Biz chet elda yashaymiz va sharoit taqozosi bilan shu erda o‘g‘il farzandlik bo‘ldik. Chaqaloq peshobni qilishga qiynalyapti, vrachga uchrasak xatna qildirish(kesish) kerak, deyishayapti. Uchi anchagina bitib qolgan ekan, massaj bilan ozroq ochilsa ham vaqt o‘tishi bilan yana bitadi deyishayapti. Ammo bizda bir muammo bor, bu erda musulmon, xatna qiladigan vrach umuman yo‘q. Bizning esa, hozirda O‘zbekiston borib xatna qildirishga imkoniyatimiz yo‘q. Sunnatni musulmon bo‘lmagan vrach amalga oshirsa ham bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘laveradi. Bemorligi ham bor ekan bolani.
26 Май 2022, 20:47 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bo‘laveradi. Bemorligi ham bor ekan bolani.
26 Май 2022, 20:47 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar