Imomning gaplari to‘g‘rimi?
Hazrat bir odam tahoratdan keyin a’zolarini "tualetnaya bumaga"da artayotganini masjid imomi ko‘rib qoldi va bunga artinmaslik kerak bu narsalar eng iflos va najas narsalardan qilinishini aytdi. Bu to‘g‘rimi? Men ham ho‘l oyoqim va qo‘llarimni shu qog‘ozga artardim. U imom yana hozirgi vaqtdagi zamonaviy paypoqlarga masx tortsa bo‘ladi bunga siz ruxsat berganingizni aytdi. Men u imomga hadis va hayotning 4-juzi "poklik" kitobining 244-hadisning sharhida (179-bet) yozilgan bu kabi zamonaviy paypoqlarga masx tortib bolmasligini ko‘rsatsam u kishi bu kitob Shayxning oxirgi fatvolaridan oldin chiqqan dedilar. Hazrat bu imomning gaplari to‘g‘rimi? Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur qog‘ozni ishlatish joiz. “Hadis va Hayot”ning 4-juzi "Poklik" kitobining 244-hadisning sharhida (179-bet) yozilgan zamonaviy paypoqlarga masx tortib bo‘lmasligi to‘g‘ri va hozir ham kuchida turibdi. O‘tgan yili, turkiyalik musulmon savdogarlarning talabiga binoan olmoniyada shariat talablariga javob beradigan “javrob” – maxsus oyoq kiyimi ishlab chiqildi. U shariatda mash tortishga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi. Unga mash tortish joiz. Hozir uni bozorda sotilmoqda. Bu haqida batafsil ma’lumotlarni o‘tgan yili, suratlari bilan ushbu saytda e’lon qilingan. Topib o‘qing.
26 Май 2022, 21:03 | Савол-жавоблар | 137 | Tahorat