Nasiyaga qimmatroq sotish mumkinmi?

Men kompyuterimni naqd pulga 35000 tangaga sotishni aytgandim. Bir odam qarzga, nasiyaga olmoqchi bo‘ldi. Evaziga pul qo‘shib berish sharti bilan. 40000 ga baholadi. Har oyda 10000 dan berish sharti bilan. Bu savdo joizmi? Hiylai shar’iy bo‘lib qolmayaptimi? Qaerdadir o‘qigandim, mol egasi naqdga buncha narx, nasiyaga buncha narx deb qo‘ysa joiz. Bu savdoda uchinchi naqd puli bor odam aralashmasa, deb. Masalan, hozir ko‘p magazinlarga bank xodimi o‘rnashib olgan. Biror narsa xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, pulingiz etmasa bank orqali o‘sha narsani xarid qilishingiz mumkin. Bank magazinchiga o‘sha narxidagi pulni naqd beradi. Xaridor bankka ustiga qo‘shib har oyda oz ozdan to‘lab borib qutuladi. Bu narsa riboligini bilamiz. Shunga o‘xshab mening savdoim ham riboni bir ko‘rinishimi, degan xavotir vujudimni qamrab oldi. Shu munosabat bilan sizning javobingizga muvofiq savdo qilishga qaror qildim. Alloh qilayotgan amallaringizga o‘zi ajr-mukofot ato etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu savdo joiz. Nasiya savdo deyiladi.

26 Май 2022, 21:09 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar