Musofir yurtida ipoteka olish

varaxmatulloxi va barakatux. Hurmatli Shayx Hazratlari kuyidagi savol ila murojaat etishga ruxsat bersangiz: Biz Musofir yurtda ishlab kelmokdamiz, Rossiya davlatida, asli Kirgiziston yurtidanmiz, Rossiya davlatini fukarosini olganmiz. Rossiyada ijaraga uy olib yashayabmiz, ijaramiz juda ham kimmat, kimmat narxga ijarada utirib umrimiz utib ketyabti, 2010 yili Oshdagi urushdan kegin farzandlarimizni ham olib kelganmiz, pul tuplashimiz judayam kiyin bulyabti, shuning uchun bu erda Rossiya davlatida bankdan ipoteka olib uy sotib olsek bo‘ladimi, Oshda ham uy joyimiz yuk, uy olish maksadda shu erlarga kelib ishlab yuribmiz, agar ipoteka olsek ipotekani foizi xar oyda tulaetgan ijara xakkidan kura ozrok bular ekan, shuning uchun ipoteka olsak bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
G‘arb davlatlarida sizga o‘xshaganlarga siz aytgan qarzni olishga ruxsat bergan fatvo bor. Ammo siz o‘zingiz yashab turgan joyda ilmli odamlar bo‘lsa, o‘shalardan so‘rang. Chunki ulamolardan ko‘plari men aytgan fatvodan norozilar.

26 Май 2022, 21:21 | Савол-жавоблар | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar