Ota va bola kelishmovchiliklari
Ustoz men 19 yoshdaman, otam masjidga borishimga qarshilar, otamdan "nega masjidga borishimga qarshisiz" desam, "nohaqdan qamab yuboradilar, hali yoshsan, 60 yoshingda borasan. Agar borsang qatiq jazolayman" dedi. Ota-onam benamoz odamlar, "men do‘stimning uyiga" deb masjidga boraman. Onam biladilar, "dadang bilmasin" deydilar. Men dadamni aldashim joizmi? Yoki masjidga juma namozini o‘qigani bormaganim yaxshimi? Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz. Dadangizga Alloh taolo aql va farosat bersin. Siz borayotgan masjiddan namoz o‘qigani kim qamaldi? Aksincha, qamalganlarning ichida namoz o‘qimydiganlari ko‘p-ku! Alloh taolo aql va insof bermasa qiyin ekan-da!
26 Май 2022, 21:31 | Савол-жавоблар | 141 | Turli savollar