Vikup

Avvalo o‘tgan safar iborani izohlamay savol berganim uchun uzr, hazrat. Biz yashaydigan joyda shu ibora mavjud. Vikup- bu bir kishi biror texnikaga muhtoj-u lekin sotib olishga imkoniyati yo’q, huddi shu narsani boshqa kishi sotib olib, haligi muhtoj odamga kelishilgan muddatga qarzga beradi, ammo muhtoj odam qarzni texnikaning sotilish narxini emas, sotib olib qarz berayotgan odam tayinlagan narxni beradi, masalan, texnika 100 ming, uni olishga muhtoj odamning puli yo’q, puli bor odam uni sotib olib muhtoj odamga qarzga 130mingga beradi, ba’zi kishilar shu yo’l bilan pul topishadi, shu to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Men bu narsani bilmaganimdan emas, siz o‘zbek tilini bilmaganingiz uchun savol qilib berdim. Bu muomalani nasiya savdo deyiladi va shariatda joizdir.

26 Май 2022, 21:40 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar