Shubhali tijorat

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman: Bizning bosmaxonamiz bor. Biz otam ikkimiz 4-5 yildan beri kiyimlarga (trikotaj mahsulotlariga) yorliklar (etiketkalar) tayyorlash bilan shug‘ullanamiz. Shariyat xaqida bilimim ortib borgan sari kasbimizning bazi o‘rinlarini halol ekanligiga menda shubxa paydo bo‘lib qoldi. Biz o‘sha yorliqlarni bazilariga insonlarni suratlarini yani ichki kiyim kiygan erkaklar, bolalar va tungi kiyimdagi ayollarni suratlarini bosamiz. Va o‘sha suratlarni internetdan ko‘chirib olamiz. Bu surat egalari bilan bizni xech qanday kelishuvimiz yo‘q. Savollarim quyidagicha: 1. Bunday tijorat joizmi? 2. Agar harom bo‘lsa buni otamga qanday uqtirsam bo‘ladi? Otam - xidoyatdan uzoq odam. Agar mijozlarimizdan birortasi bizdan ketgudek bo‘lsa mendan jaxli chiqib jazavaga tushishi mumkin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birovning asarini uning ruxsatisiz ko‘chirib olish mumkin emas. Otangizga qonun buzilayotganini ayting.

26 Май 2022, 21:52 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar