Nomahram erkak bilan birga yashash

Assalomu Aleykum Raxmatullohu va barakotuxu. Hurmatli ustoz. Meni bir savol kiziktiradi. Men turmush o‘rtog‘im bilan birga musofir yurtda yashaymiz. Bu erlarda kvartiralar kiymatligi sabab biz bilan birga turmush o‘rtog‘imning dusti ham yashaydi uyimiz 2 xonalik. Uz yurtimizga navbat bilan 1 oyga boramiz. Erim yurtimizga ketgan chogida dusti men bilan qolishi to‘g‘ri emasligini yaxshi bilamiz. Dusti uzi ham Alxamdililax 5 vakt namoz ukiydilar. Barcha narsadan xabari bor. Lekin bilsalar ham men bilan kolaveradi. Dusti uziga tuk oilalardan . Bu erda ham yaxshi pul topadilar xullas imkoniyati bor boshqa bo‘lib chikib yashashga kurbi etadi. Biz ham kvartirani ijaraga olamiz lekin pulini fakat uzimiz tulemiz, dusti tulamidilar. Kievim juda yaxshi inson birovni kungliga ozor bermidilar shu sababli insonni yuzi issik deganidek uziga aytolmay kaytishlaridan avval yana kungli gashlanib yuribtilar meni elgiz koldirgilari kelmay. Agar biz shuni tushuntirib aytsek u inson bizdan ranjisa bizga Allohni kaxri kelmasmikin. Va kay turda aytsek u kishini kunglini ogritmagan bulamiz. Eki xadis rivoyatdami shu to‘g‘risida kelgan misollar bormi xech egi rivoyatdegi misol bilan tushuntirib aytgani. Uzi umuman biz bilan yashashlari to‘g‘rimi? ? ? Savollarimda xatochilik ketgan bo‘lsa avvaldan uzr sureman. Alloh sizdan roziy bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu mutlaqo mumkin emas.

26 Май 2022, 22:13 | Савол-жавоблар | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar