Shu ishimiz halolmi?

Muhtaram Ustoz! Bir masalada yordam bersangiz: Biz xorijlik mehmonlarga sayyohlik xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan edik. Bizga murojaat qiladigan sayyohlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini umumiylashtirib aytamiz. Ular ovqatlanish, mehmonxona, avtomobil xizmati, tarjimon xizmati kabilardir. Masala shundaki, ular ovqatlanmoqchi bo‘lgan oshxonalarni o‘zlari tanlashadi. Nima iste’mol qilishni ham. Ular ovqatlanish jarayonida spirtli ichimliklarni yoki harom emaklarni iste’mol qiladigan bo‘lsalar biz gunohkor bo‘lib qolamizmi? Bizni o‘ylantiradigani joyi, ularning taomlanish xarajatlari ham yuqorida aytib o‘tganimdek bizning zimmamizda bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha haromga bog‘liq xizmatni qilmasangiz, bo‘ldi.

26 Май 2022, 22:35 | Савол-жавоблар | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar