Ayol haq huquqi

Man juda mushkul axvoldagi dugonam nomidan suramokchi edim. U aelning 2 farzandi bor, eri bn 12 yildan beri turmushda. Lekin eri unga mexr bermaydi, xattoki jinsiy aloka ham eri xoxlaganida va ogrikli, xattoki erkalashlarsiz tezda utadi. Buni ta’sirida dugonam asabiy bo‘lib qolgan, doktorlar ham bunday turmush tarzi psixikasiga ta’sir kivotganini etishvotti. Aeliga hozirda yaxshi munosabatda(gap suzlari)lekin bollariga salga bakirib sukadi, aeliday fikr almashmaydi, juda sirlari kup, kup narsalarni yashiradi, kechasi mana necha yildan beri soat 12 -1 dan erta uyga kelmaydi, dugonamni yostigi xar kuni bush uxlaydi. Ajrashay desa farzandlari bor. Dugonam ozoda, pazanda, farzandlari-uylari ham orasta. Erkak kishi aeliga bunday munosabati noto‘g‘riku? Nima yul tutish lozim?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Erkakka gapi o‘tadigan kishilardan yordam so‘ralsin! Ular unga nasihat qilsinlar. “Baxtiyor oila” kitobini o‘qishi uchun chora ko‘rilsin!

26 Май 2022, 22:49 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar