Ota ona xaqida savollar

Assalamu Alaykum hazrat! Savolimga javob olib juda xursand bo‘ldim. Alloh roziy bo‘lsin sizdan. Yana bir savolim bor edi. Ota onamni* oziq-ovqat magazinlarida oilalviy xammamiz birga savdo qilamiz. Uyda faqat men namoz o‘qiyman. 1. Men magazinda Dadamdan beso‘roq biror narsani iste’mol qilsam bo‘ladimi? Dadamdan ruxsat so‘rasam "So‘ramasdan yeyaver" deb urishib beradi. Lekin ko‘nglim tusamaydi. 2. Elektron tarozimida tortiladigan narsalar misol uchun shakarni salafan paketga solib tortamiz. Bu paketni bir donasi bilishimcha 1-2 gramm chiqadi. Shu paketga solib tortganda 1kg yani 1000 gramm bo‘lganida ota onam: "Bo‘ldi etadi boshqa qo‘shmagin" deb urishadi. Men esa 5 gramm yani 1005 gram qilib qo‘shib tortaman xamma narsaga. Shu narsalar xaqida nima deysiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Otangiz o‘sha gapni aytgan bo‘lsa, eyyavering. 2. To‘g‘ri qilasiz.

26 Май 2022, 22:50 | Савол-жавоблар | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar