Aqiydaviy mazhablar hududlari
Bir kishining zamonaviy hanbaliylar aqidaviy mazhabda na imom Motrudiyga na imom Abul Hasan al-Ash’ariyga ergashmaydilar deganini eshitib ajblandim. Men ko‘rgan manbalarda har doim fiqhiy mazhablar dunyoning qaysi mamlakatida qaysi mazhab tarqalgani, necha foizi hanafiy , necha foizi shofi’iy, necha foizi molikiy, necha foizi hanbaliy ekanligi aytiladiyu ammo, aqidaviy mazhablarning qaysi jo‘g‘rofiy hududlarga tarqalgani va necha foizini tashkil qilishi aytilmaydi. Masalan:Hanbaliylar qaysi aqidaviy mazhabga ergashadilar, molikiylar va shofi’iylarchi? Hanafiylar ichida ham imom Abul Hasan al-Ash’ariyga shofi’iylar ichida esa imom Motrudiyga ergashganlar bormi? Qadimiy Andalusiya musulmonlari fiqh va aqidada qaysi mazhabda bo‘lganlar? Iltimos, ustoz, qimmatli vaqtingizni ayamasdan shular haqida ma’lumot bersangiz. Aqidaviy ixtiloflar ko‘paygan bu zamonda shularni ham bilib qo‘yish lozim degan fikrda edim .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu borada gap odatda ulgurji bo‘lib kelgan. Islom olamining mashriq tarafi, xususan, bizning diyorlarimiz Moduridiy aqiydaviy mazhabida, mag‘rib tarafi esa Ash’ariy aqidaviy mazhabida bo‘lganlar. Ehtiyoj bo‘lmagani uchun siz aytgan tafsilotlarga javob axtarilmagan. Qadimgi hanbaliylar Ash’ariy mazhabida bo‘lganlar.
26 Май 2022, 22:54 | Савол-жавоблар | 166 | Turli savollar