Bankning aktsiyasi to‘g‘risida

Hazrat, Sizga bir savol bilan murojaat qilishga ruxsat bersangiz. Bizning tashkilotga xar yili ishxonamiz xodimlariga bizning tashkilotga xizmat kiluvchi bank muassasasidan uning, ya’ni bankning aktsiyalarini sotib olish buyicha xodimlarga taklif kelib tushadi, bu aktsiyalardan men ham xar doim olib turar edim, keyin uzim uylab koldim bankning uzi foizlar bilan daromad kurishini xamda u daromadidan kelib chikib uzining aktsiyalarini (qimmatli kogozlarini) chikarishini uylab shubxalanib uzimga tegishli bo‘lgan aktsiyalarimni olgan narximga sotib yubordim, lekin u olgan odam uzimni tanishim unga tushintirib boshqa joyga sotib yuborishni tushintirdim, uzimga karashli bo‘lgan aktsiyalarni xamda uning uzini aktsiyalarini, u kunmay uzi olib koldi, birok uni kiziktiroyotgan masala bankning aktsiyasi riboga kirish kirmasligini xususida. Hazrat keyin men unga juda kup marta takrorlayapman bank bilan bo‘lgan xar bir xarakat riboligini, ya’ni kredit olish yoki bankdan aktsiya olish buyicha shu buyicha u dustim sizning javobingizni eshitishni xoxlamokda, men unga bu saytda yukoridagi masala buyicha siz javob bergan savollarni kursatsam u bo‘lsa javobdan bankning aktsiyasiga taalukli emasku degan ma’nodagi gaplarni gapirayapti. Hazrat bu savolni men odamlar orasida ixtilof chikarish maksadida yozayotganim yo‘q, hozirda bu masala buyicha ikkilanib yurgan dustu birodarlarimizga aniklik kiritish maksadida berayapman javobingiz uchun Sizga rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘ylab ko‘rsa bo‘lmaydimi. Noto‘g‘ri narsaning bir bo‘lagi to‘g‘ri bo‘lishi mumkinmi?

26 Май 2022, 23:26 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar