Futbolda fanatizm

Sportga, asosan futbolga oid saytlarga kirib xabarlar o‘qib turaman. O’sha xabar ostidagi sharxlarda qandaydir g‘arb jamoalarini deb musulmonlar bir-birini og‘ziga kelgan so‘zlar b-n haqorat qilishadi, ya’ni misol agar Ispaniyaning "Barselona" jamoasi sha’niga biror tanqid gap aytilsa, o‘sha jamoa fanati tanqid aytgan odamni butun avlodini, o‘sha odamni o‘zini haqorat qilib chiqadi. Boshqa davlatlarda ushbu holatda musulmonlarning bir-birini o‘ldirganlik holati ham kuzatilgan! Bunday insonlarga nisbatan shariatimizda qanday qaraladi? Ularga nisbatan hukm qanday?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularga bo‘htonchi va to‘hmatchi, musulmonlarga ozor beruvchilar siftida gunohkor bo‘ladilar.

26 Май 2022, 23:29 | Савол-жавоблар | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar