Kelishilgandan ko‘p maosh taklif qilinsa, uni olish joizmi?

Meni amakim Rossiyaga bir dachaga 750 $ oylik olasan deb ishga taklif qilib chakirdilar men keldim 1 oylarcha ishladim lekin dacha egasi menga seni oyliging 900 $ deb koldi keyin men amakim bilan tortishib koldim agar men rozi bulmasam bu pul amakimga kanaka halolmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvaldan kelishilmagan bo‘lsa, amakingizning haqi yo‘q. Ya’ni, u sizga oylik 900 bo‘ladi. 750 senga, qolgani menga desa va siz, xo‘p degan bo‘lsangiz.

26 Май 2022, 23:39 | Савол-жавоблар | 156 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar