Aqiyqa qilingan bola shafoat qiladimi?
Assalomu alaykum! Aqiyqa qilingan farzandga ota-onasini shafoat qilish xuquqi beriladi, deb eshitdim. Shariatimizda shunday hukm to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda bunday hukm yo‘q. Ammo quyidagi hadis bor. عَنْ سَمُرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ عَنِ النَّبِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كُلُّ غُلَامٍ رَهِينَةٌ بِعَقِيقَتِهِ تُذْبَحُ عَنْهُ يَوْمَ سَابِعِهِ وَيُحْلَقُ وَيُسَمَّى. رَوَاهُمَا أَصْحَابُ السُّنَنِ Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir g‘ulom aqiyqasi garovidir. Uning uchun ettinchi kuni so‘yilur, sochi olinur va ism qo‘yilur», dedilar».
Ikkisini «Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda yangi tug‘ilgan farzandga oid bir necha narsalar zikr qilinmoqda:
1. «Har bir g‘ulom aqiyqasi garovidir».
Demak, har bir yangi tug‘ilgan farzandning ba’zi bir ishlari unga aqiyqa qilishga bog‘liq bo‘lib turar ekan. Agar aqiyqa qilinsa, o‘sha ishlar yuzaga chiqadi, bo‘lmasa xuddi garovga olinganday, yuzaga chiqmay turaveradi.
Ba’zi ulamo ahllarimiz, jumladan, imom Ahmad ibn Hanbal va A’to al-Xurosoniylar «Har bir farzandning, agar go‘dakligida o‘lib ketsa, ota-onasiga shafoatchi bo‘lishi uning aqiyqasiga bog‘liqdir. Agar unga aqiyqa qilingan bo‘lsa, qiyomatda jannat erkatoylaridan bo‘ladi va «Agar jannatga oldin ota-onam kirmasa, men kirmayman», deb turib oladi. Shunday qilib, u o‘z shafoati bilan ota-onasining jannatga kirishiga sabab bo‘ladi», deganlar.
Imom al-Lays va Dovud az-Zohiriy va boshqalar esa «Yangi tug‘ilgan farzandning yaxshi unib-o‘sib, baxtli-saodatli bo‘lishi uning aqiyqasiga bog‘liqdir, shuning uchun aqiyqa qilish vojibdir», deganlar.
Lekin jumhuri ulamo «Aqiyqa qilish sunnati muakkada», deganlar.
«Uning uchun ettinchi kuni so‘yilur».
Aqiyqa farzand tug‘ilganining ettinchi kuni, agar ettinchi kuni imkoni bo‘lmasa, o‘n to‘rtinchi yoki yigirma birinchi kuni qilinadi.
Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Aqiyqa ettinchi, o‘n to‘rtinchi va yigirma birinchi kuni so‘yilur», deganlar.
Agar u kunlari aqiyqa qilishning imkoni bo‘lmasa, imkoni topilganda qilinaveradi.
Yangi tug‘ilgan farzandga aqiyqa qilish otaning farzand oldidagi burchidir.
«...sochi olinur...»
Bu ish ham farzand tug‘ilganining ettinchi kuni amalga oshiriladi. Avval ham aytib o‘tilganidek, bu sochga nifos qoni tekkan bo‘ladi. Shuning uchun ham u boladan ketkazilishi lozim bo‘lgan nopok, ozor beruvchi narsalar qatoriga qo‘shilgan. O‘sha ettinchi kuni olingan soch vaznida kumush yoki uning qiymati sadaqa qilinishi ham mazkur ozordan xalos bo‘lganlik shukronasi bo‘lsa, ajab emas.
«...va ism qo‘yilur».
Yangi tug‘ilgan farzandga ism qo‘yish ham ettinchi kuni qilinadigan ishlardan biri. Har bir yangi tug‘ilgan farzandga yaxshi ism qo‘yish ota-onaning farzand oldidagi burchidir.
Shuning uchun har bir musulmon ota-ona bu muhim ishga alohida e’tibor ila yondashmog‘i lozimdir. Farzand katta bo‘lib, oq-qorani taniganda o‘z ismidan uyaladigan bo‘lmasin. Balki, ismi unga ziynat bo‘lib tursin.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam «Ismlarning yaxshisi bandalik va hamdni bildiruvchisidir», deganlar. Shuning uchun Alloh taologa bandalik ma’nosini anglatuvchi Abdulloh, Abdurrahmon, Abdussattor va Alloh taologa hamd ma’nosini anglatuvchi Hamidulloh kabi ismlar yaxshi ismlar hisoblanadi.
Shuningdek, Payg‘ambarlarning, sahobalarning va salafi solihlarimizning ismlari yaxshi ismlar hisoblanadi.
Qizlarga ham o‘tgan ahli iymon momolarimizning, sahobiya ayollarning ismlarini va ezgulik ma’nosini anglatuvchi boshqa ismlarni qo‘yish kerak.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Urush, Xo‘tik, Abduluzzo kabi noqulay ismli sahobalarning ismlarini yaxshi ismlarga almashtirganlari mashhur.
Shuningdek, u zot ba’zi sahobiya ayollarning ismlarini ham yaxshi ismlarga almashtirganlar. Binobarin, ba’zi kishilar noqulay ismlar bilan atalib qolgan bo‘lsalar, ularni islomiy ismlarga almashtirib olsalar, yaxshi bo‘ladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 149 | Oila va turmush