Ushbu holatda kimga murojaat qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
rahmatullohy va barakotuhu Shayx Hazratlari! Ustoz ushbu holat bo‘yicha bir muslima singlimiz sizdan maslahat olmoqchi ekanlar: Singlimdan xavotirlanganimiz sababli, ushbu holat bo‘yicha sizning maslahatingizni olmoqchi edik: 1) Singlim yarim kechasi uyg‘onib huddi uyg‘oq insondek harakat qilgan, gapirgan. Buni ko‘rgan boshqa singlillarim bu holatda o‘ziga hos bo‘lmagan ravishda o‘zini tutganini aytadi. Ertalab uning o‘ziga bo‘lgan voqea aytilganida eslay olmaydi. Bu holat 2-3 marta takrorlangan. 2) Bolaligidan kechasi tushida gapirib chiqadi, aniq va tiniq qilib gapiradi. Doim emas, tez-tez. 3) Uyqusida yalmog‘iz kampirning kulgusiga o‘xshaydigan qilib baland va xunuk kuladi. 4) Ba’zan yomon tushlar ko‘radi. 5) Tez-tez boshi og‘riydi. 6) Kishilarning oyog‘ining pastki yassi qismini ko‘rishga toqati yo‘q. O’tirganimizda oyog‘imizning tovon qismini ko‘rmasligini qilib talab qiladi, 10 metr uzoqlikda bo‘lsa ham. Aytgani bajarilmasa chiday olmay chiqib ketadi. Unga bunday qilmasligini tushuntirdim, javoban "O’zim istamagan holda oyoqning pastki qismini ko‘rinishiga chidab turolmayman. Sababini bilmayman" deydi. 7) Hulqida xudbinlik, kitob-daftalarida "Men o‘zimni yaxshi ko‘raman" deb yozgan. Balki bu uning fe’liga xosdir. 8) Yaqinda kichik singlimni arzimagan narsa uchun urib janjal qildi. Men bilan ham urushib ketdi. Uni jahlidan tushurish uchun "Auzi billahi minash shaytonir rojiym" ni aytishni so‘radim. Shu vaqt xuddi uni boshqa narsa boshqarayotgandek, ko‘zlari boshqacha yonib "AYTMAYMAN" deb baqirib berdi. Oqibatda, menga meni ham yomon ko‘rishini aytib xonadan chiqib ketdi. 9) Hech qachon kechirim so‘ramaydi, o‘zining nohaqligini tushuntirilsa ham. Bilganidan qolmaydi. 10) Yuqoridagi janjal voqeadan sal keyin o‘zidan katta singlim bilan arzimagan narsadan urish chiqardi. Bunda uni taniy olmadim. O’z opasini shunaqangi urib ketdi. Huddi bu u emasdek edi, ko‘zlari boshqacha qarardi. Agar u yosh bola 10-14 yoshli bo‘lsa tushunar edim. U aqlini yaxshi olgan, 18 yoshda. Men buni normal holat deb bilmayapman. Nomozni yaqindan sekin-asta ora-orada o‘qiydi. Ustoz mana shu masalada sizning maslahatingizga juda ham muhtojmiz. Bu vaziyat uning hulqi va bu o‘zgarmaydi deyishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi? Yoki bu masalada taqvodor bir domlaga olib borib dam soldirishimiz kerakmi? Yoki ruhshunoslarga murojaat qilishimiz kerakmi? Shu masalalarda juda ham ikkilanayapmiz. Alloh Sizdan rozi bo‘lsin, Javobingiz uchun oldindan raxmat. rahmatullohy va barakotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Duxtirlarga ko‘rsatinglar.
26 Май 2022, 23:46 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Duxtirlarga ko‘rsatinglar.
26 Май 2022, 23:46 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar