Noma’lum mablag‘
Man o‘tgan 2 yil mobaynida Fotostudiyada ishlab keldim. Ish sharoiti turli isyonlarga etiqod va iymonimning susayishiga olib keldi Allohni o‘zi mag‘firat qilsin benamozlikda ko‘p oylarni o‘tkazib yubordim. Alhamdulillah Alloh yana tog‘ri yo‘lga hidoyat qilib namozni boshladim ammo ishimdagi sharoit qalbimni to‘liq poklanishiga to‘sqinlik qilishda davom etdi . Natijada Allohni hidoyatidan umid qilib 1 ou avval ishimni tark etdim . Endi savolimni asl mohiyati shundan iborat : 1. Alloh uchun nojoiz shubhali kasbni tashlab tog‘ri qildimmi? 2. Ishab yurgan ikki yil mobaynida ishxonaning 10 000 000 so‘m miqdordagi pulini zaxira kassa sifatida yeg‘ib bordim Vaqti kelganda shu puldan birovlarning hojatini chiqarish uchun qarz berib turdim Bu pul hali ham menda va men uni yangi halol (shaxsan o‘zingiz joiz deb aytgan edingiz : to‘ylarda ijaraga dasurxon bezatish )ish boshlash uchun qarz sifatida sarmoya qildim. Niyatim bu mablag‘ni nohaq yeyish emas ( bu haqda avval ham sizga savol yo‘llagan edim) Bundan faqat uyimdagilar va raxbarimning ( pochcham ) ayoli ( opam ) ni habardaor qilib qo‘yganman. Shu qilgan ishim sharaitda joizmi? Niyatim shu yilning oxirigacha hamma qarzlarimni qaytarish. Allohdan najot so‘rab duo qilsangiz <br>
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. To‘g‘ri qildingiz. 2. Mol manbasiga molik bo‘lgan kishilar rozi bo‘lsa bo‘ldi. Tushunishimcha, studiya pochchangizniki, siz mazkur mablag‘ni uning ishxonasidan jamlashga ruxsat olgansiz, bu to‘g‘ri.
26 Май 2022, 23:48 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar