Hadislarning sahihligi

muhtaram Shayx hazratlari. Alloh taolo dinimiz, millatimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan sa’yi-harakatlaringizni O‘zi munosib mukofotlasin. Xayrli va barokotli etib, bizlarni uzoq muddat naflantirishni nasib aylasin. Hazratim! Ruxsatingiz bilan sizni bir savol bilan bezovta qilsam: Quyidagi ikki hadis haqiqatda ham sahihmi: (iii) Abdulloh ibn Hanzala roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kishi bilib turib eydigan bir dirham ribo Alloh nazdida o‘ttiz oltita zinodan qattiqroqdir» (Tabaroniy va boshqalar rivoyati, As-silsilatus-sahiha: 1033). (iv) Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sudxo‘rlikning etmish ikki darajasi bor bo‘lib, eng pasti Islomda bo‘la turib o‘z onasining nomusiga tajovuz qilgan kabidir» (Tabaroniy rivoyati, Sahihul-jomi’: 153). Alloh taolo barchamizdan rozi bo‘lsin. Va assalomu alaykum
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birinchi hadis sahih. Ikkinchi rivoyat Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhuning so‘zi. Hadis emas.

26 Май 2022, 23:53 | Савол-жавоблар | 160 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar