"Masiyh" so‘zi qanday ma’noda keladi?

Bilamizki Dajjolga "Masiyh" sifati nima uchun berilganini, ammo "Hadis va Xayot" kitobingizning 20-juzida Iyso alayhissalomning laqablari "Masiyh" bo‘lgani yozilgan. Savolim,  bu erda "masiyh" so‘zi qanday ma’noda keladi? Alloh qodir qilgancha kitoblaringizdan qidirdim, saytlardan ham izladim, lekin javob topa olmadim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ismni Iyso alayhissalomga nisbatan Qur’oni Karimda ishlatilgan.
Alloh taolo "Moida" surasida marhamat qiladi:
«Albatta, Alloh Masih ibn Maryamdir», deganlar batahqiq, kofir bo‘ldilar. Masih esa: «Ey Banu Isroil, mening Robbim va sizning Robbingiz – Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning joyi olovdir. Va zolimlarga hech qanday nusrat beruvchilar yo‘qdir», – dedi.
Ulamolar “masiyh” so‘zining ma’nosi haqida ellikta so‘z aytganlar. Bu so‘zni Iyso alayhissalomga nisbatan ishlatilsa, “siddiyq” ma’nosini, dajjolga nisatan esa ko‘zi silliqlagan ma’nosini anglatadi. Chunki uning bir ko‘zining o‘rni tep tekis bo‘ladi.

27 Май 2022, 00:03 | Савол-жавоблар | 176 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar