Nikohga majburlash yo‘q
Assalamu alaykum muhtaram Shayh hazratlari,Yaqinda Sizning qalamingizga mansub “Baxtiyor oila” kitobiga ko’zim tushib, uni ataylab o’zim uchun harid qilib oldim. Mundarijasiga ko’z yugurtirib chiqib, meni qiynayotgan bir masalaga javob olish maqsadida o’sha sahifani ochdim. “Nikohga majburlash yo’q” sahifasi. Hozirgi kunda, umuman, o’tmishda ham dolzarb bo’lib kelgan muammoni diniy tomondan to’liq ochib berishga harakat qilingan va echimlari yoritilgan. Faqatgina meni bir oz qoniqtirmagan tomoni masalaga qizlarning yoki juvonlarning nikohga roziligini olish muhim qilib yondashilgan. Lekin hozirgi kunda yigitlarimizning ko’ngliga ham qaramay uylantirib qo’yayotgan ota-onalar ayniqa onalar (!) ham borku. Bu masalaga dinimizda qanday qaraladi? O’zim ojiza bo’lsam-da bu savolni berishimga boshimdan kechirganlarim sabab bo‘ldi. Bir yigitga ko’ngil qo’ygandim, turmush qurishga ahd qildik. Onasini sovchi qilib jo’natdi. Oradan ancha vaqt o’tib yigitning harakatlari sustlashib borayotganini sezdim. Sababini so’rasam onasi mening yoshimni kattaligini hisobga olib rozilik bermayotgan ekan. Atigi 2 yosh! Axir payg‘ambarimiz s.a.v. ning suyukli ayoli o’zlaridan adashmasam 20-25 yoshlar chamasi katta bo’lganku. Nahotki zamon shiddat bilan o’zgarib borayotgan bir paytda 1-2 yoshga farq qilish oradagi mehr rishtalarining uzilib ketishiga sabab bo’lsa? Bu rishtalarning uvoli tutmasmikan? Bu ayni vaqtda ham kulguli ham achinarli hol. Lekin mana shunday vaziyatga tushdim. O’sha yigitdan oxirgi olgan sms “Oyim majburlab uylantirib qo’ydi” degan xabar bo’ldi. Ko‘nglim qattiq ranjigan bo‘lsa-da, Olloh roziligi uchun havaslarimdan voz kechdim.Balki bu masalaga oid ma’lumotlarni avvalgi maqolalar va javoblaringizda bergandirsiz. Agar shunday bo’lsa ssilka berib yuboring, iltimos.Ehtirom bilan,Gavhar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yigitlarni ham majburlash mumkin emas. Ammo voqe’likda bu asosan qizlarda uchragani uchun ko‘proq qizlar haqida aytiladi.
27 Май 2022, 00:19 | Савол-жавоблар | 198 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yigitlarni ham majburlash mumkin emas. Ammo voqe’likda bu asosan qizlarda uchragani uchun ko‘proq qizlar haqida aytiladi.
27 Май 2022, 00:19 | Савол-жавоблар | 198 | Oila va turmush