Nikox va talokda masofaviy suzlashuv

Assalomu alaykum!Hurmatli shayx hazratlari, Alloh taolo shariati islomiyyani keng yoyayotganingiz uchun ajrlarini behisob bersin va qiyomat kuni jannatga birinchilardan bo‘lib kiruvchi olimlar safida qilsin.Bugungi kunda Internet orqali so‘zlashuv hayotimizga chuqur kirib keldi. Ko‘p hollarda uzog‘imizni yaqin qilib, foydasi tegmoqda. Ba’zi hollarda esa, ayniqsa qiziqqon yoshlarimiz hayotida, bir qancha noxush hollarga ham sabab bo‘lmoqda.Bu o‘rinda Sizdan oilaviy munosabatlarda virtual voqelik hisobga o‘tadimi, shuni so‘ramoqchi edim.Masalan, bir yigit Rossiyada ishlaydi, ayoli bilan Internet orqali (m-agent) suhbatlashadi. Suhbatlardan birida jahl ustida ayoliga "taloqsan", deb yozib yubordi. Ancha vaqt gaplashmay yurishdi. Endi xatolarini tushunib etishdi. Ota-onalariga aytishmagan, jahl ustida qilib qo‘ygan ishlari oshkor bulishini istashmayapti. Ammo nikox ukitaylik desa, o‘zi kela olmaydi, birovni vakil qilishga gap-so‘z bo‘lib, qudalar o‘rtasiga sovuqchilik tushadi deyishmoqda... Shu o‘rinda ikkita savol tug‘iladi:1. Virtual so‘zlashuvda "taloksan" deb yozilsa, taloq tushadimi?2. Virtual so‘zlashuvda konferents-aloqa (ko‘pchilik bir vaqtda o‘zaro suhbatlasha oladi) yordamida nikoh o‘qitish mumkinmi?Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taloq tushadi. Nikoh jonli majlisda bo‘lishi kerak.

27 Май 2022, 00:28 | Савол-жавоблар | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar