Gunoxdan saklanish

Assalomu Alaykum Shayx xazratlari.Allox yulida qilayotgan ezgu ishlaringizni Allox munosib qadrlasinPayg‘ambarimiz (s.a.v) ummatimga o‘zimdan keyin ayol kishilardan ko‘ra kattaroq fitna qoldirmayabman degan muborak so‘zlariga o‘zimiz govox bo‘lib turibmiz. Ko‘chada yurish juda qiyin bo‘lib koldi.Payg‘ambarimiz (s.a.v) aytganidek "Kiyim kiygan yalong‘ochlar" tusiga kirib kolishdi. Bu xolatda yurganlar soni odiiy xolatda yurganlardan ko‘ra juda ko‘pchilikni tashkil kilmokda.Bir kushi uchun bunday xolatni oldini olgandan ko‘ra ushbu xolatda gunox kilmay kalbni kraytirmay yurish ma’kul bulsa kerak. Shunday bo‘lsada Bu xolatni oldini olish yullarini izlash xar bir mumin musulmon uchun yaxshi bo‘lardi. Xazrat men xam shaxar joyda yashayman xar kuni ertalab ishga borib kaytishda "kiyim kiygan yalang‘och" yoxud zamonaviy ayollarga ko‘zim tushadi. Shunda ichimda birinchi o‘sha ayollarga nisbatan qarashga xoxish paydo bo‘lib keyin esa bunday kilish iymonni susaytiradi degan o‘y paydo bo‘lib o‘zimni(nafsimni) qiynab qaramay o‘tib ketaman. Ushbu xolat meni iymonim susligidanmi? Nima qilsam shunday ayollarga qarash xoxishi umuman paydo bo‘lmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Iymoningiz baquvvatligidan.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: - «Ey Ali! Nazarga nazarni ergashtirma. Albatta, birinchisi sen uchun bezarar bo‘lsa ham, boshqasi undoq emas, dedilar».

27 Май 2022, 00:38 | Савол-жавоблар | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar