Qunut duosi
Assalomu alaykum! Men Qunut duosini yod olmoqchiman, lekin farq ko‘ryapman. Masalan: 1.Allohumma innaa nasta’iynuka va nastahdiyka va nastag‘firuka va natubu ilayk. Va nu’minubika va natavakkalu alayk. Va nusni alaykal xoyra kullah. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku man yafjuruk. …
2.Allooxumma innaa nastaiinuka va nas-tagfiruk. Va numinu vika natavakkalu alayka va nusniiy alaykal-xoyra kulla-xuu nashkuruka va laa nakfuruk. Va nax-lau va natruku may-yafjuruk.…
Uch joydan mp3 shaklidagisini ko‘chirib oldim. Ushbular ham farq qilgan. Qaysinisi to‘g‘ri bo‘lsa yozib beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hanafiy va molikiy mazhablari qunutda o‘qiladigan duoga ushbu dalilni keltiradilar: أَخْرَجَ أَبُو دَاوُدَ عَنْ خَالِدِ بْنِ أَبِي عِمْرَانَ قَالَ: بَيْنَمَا رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم يَدْعُو عَلَى مُضَرَ إذْ جَاءَهُ جَبْرَائِيلُ عليه السلام فَأَوْمَأَ إلَيْهِ أَنْ أُسْكُنْ، فَسَكَتَ، فَقَالَ: يَا مُحَمَّدُ، إنَّ اللهَ لَمْ يَبْعَثْكَ سَبَّابًا وَلَا لَعَّانًا، وَإِنَّمَا بَعَثَكَ رَحْمَةً، لَيْسَ لَكَ مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ. ثُمَّ عَلَّمَهُ الْقُنُوتَ: اللَّهُمَّ إنَّا نَسْتَعِينُكَ وَنَسْتَغْفِرُكَ، وَنُؤْمِنُ بِكَ وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ، وَنُثْنِي عَلَيْكَ الْخَيْرَ كُلَّهُ، نَشْكُرُكَ وَلَا نَكْفُرُكَ، وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يُفْجِرُكَ. اللَّهُمَّ إيَّاكَ نَعْبُدُ وَلَكَ نُصَلِّي، وَنَسْجُدُ وَإِلَيْكَ نَسْعَى، وَنَحْفِدُ نَرْجُو رَحْمَتَكَ، وَنَخْشَى عَذَابَكَ، إنَّ عَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ Imom Abu Dovud Xolid ibn Abu Imrondan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muzarning ziddiga duo qilayotganlarida birdan Jabroil alayhissalom keldi va u zotga «Jim», deb ishora qildi. U zot jim bo‘ldilar. Bas, u: «Ey Muhammad, albatta, Alloh seni so‘kong‘ich qilib ham, la’natlovchi qilib ham yuborgani yo‘q. Albatta, seni olamlarga rahmat qilib yubordi. Senga ishdan hech bir narsa yo‘qdir», dedi. So‘ngra «Qunut»ni o‘rgatdi: «Allohumma innaa nasta’iynuka va nastag‘firuka. Va nu’minu bika va natavakkalu alayka. Va nusniy alaykal xoyro kullahu. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla’u va natruku man yafjuruk. Allohumma iyyaaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’aa va nahfidu. Narjuu rohmataka va naxshaa azaabaka. Inna azaabaka bil kuffaari mulhiq». Duoning ma’nosi: «Allohim, albatta, biz Sendan yordam so‘raymiz, Senga istig‘for aytamiz va Senga iymon keltiramiz, Senga tavakkul qilamiz va Senga shukr keltiramiz, kufr keltirmaymiz. Kim Senga fojirlik qilsa, uni ajratamiz va tark qilamiz. Allohim, Sengagina ibodat qilamiz, Sengagina namoz o‘qiymiz va sajda qilamiz, Sengagina intilamiz va shoshilamiz. Sening rahmatingni umid qilamiz va azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, Sening haq azobing kofirlarga etguvchidir». Sahobai kiromlar ushbu duoga ittifoq qilganlar, bu duo hazrati Umar va u kishining o‘g‘illari Abdulloh ibn Umarning duolari sifatida ham mashhur bo‘lgan. Kim «Qunut» duosini o‘qimay ruku’ga ketgan bo‘lsa, sahv sajdasi qiladi. «Qunut» duosini bilmagan odam uni yodlab olgunicha uch marta «Allohummag‘fir lii», desa yoki «Robbanaa a’tina»ni o‘qib tursa bo‘ladi.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:14 | Савол-жавоблар | 400 | Duolar