Kanday yul tutishim kerak?
Assalomu alaykum Shayx Xazratlari! Shu kunlarda uzim kup uylab lekin javob topa olmagan ish buyicha Sizdan maslaxat olmokchi edim.Sababi yakin kunlarda nikox tuyim bulish arafasida. Bir kiz bilan unashtirildim,unashtiruvdan oldin maxallasidan, ish joyidan(kiz maktabda ukituvchi) kizni, oilasini surab surishtirdim,bilganlar yaxshi oila(oilasi xam uzimizga yakin maxallalardan),yaxshi kiz deb tarif berishdi. Undan keyin uchrashdik va bir birimizga ma’kul keldik. Va bizni unashtirdilar. Xozir tuyga tayyorgarlik kilyapmiz. Meni kiynayotgan narsa, ba’zida meni shayton vasvasa kiladimi yoki yigitlik gururimi bilolmayapman,kucha kuyda xar xil yomon ayollar xakida gaplar eshitilib kolsa yoki tanish bilishlarimni ba’zi gaplarini shu darajada uzimga oladigan bulib koldimki xuddi men xakimda gapirayotgandek,sen u kizga uylanmasligin kerak, u kiz yaxshi kiz emas demokchi bulishayotgandek(lekin men u kizni yaxshi kizligiga ishonaman ),men yuk paytimda men xakimda gapirishadigandek tuyilib ketadi (ochik oydin xech kanday gap gapirilmaydi)shunda uzimni arang tuxtatib kolamanki biror noma’kul ish kilib kuymay deb, lekin vakt utib bu narsa tarkalib bu uylardan asar xam kolmidi.Men bu gumonlarni tarkatish uchun kayta surab surishtirsammikin deyman, lekin kizni va oilasidagilarni dilini ranjitishdan kurkaman. Sizdan suraydiganlarim, 1. Atrofdagilarni fikri xakikatdan xam men uylagandek men yoki bulajak ayolim xakida yomon bulsa (balki atrofdagilar xakidagi fikrim notugridir) xam bunga sabr kilsam yaxshimi yoki bu shubxalarni yukotish uchun surab surishtirib olganim ma’kulmi?2. Bu menga berilgan sinovmi,bunga sabr kilishda menga savob buladimi,bu sinovlarga sabr kilishda Sizning kaysi kitoblarizdan foydalansam buladi? Savollarimga javob berishingizdan va duoingizdan umidvorman,Ollox Sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Atrofdagilar kimligiga bog‘liq. Shariatni biladigan va unga amal qiladigan kishilar bo‘lsa, gaplariga e’tibor beriladi.2. Ruhiy tarbiyadan.
27 Май 2022, 00:49 | Савол-жавоблар | 140 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Atrofdagilar kimligiga bog‘liq. Shariatni biladigan va unga amal qiladigan kishilar bo‘lsa, gaplariga e’tibor beriladi.2. Ruhiy tarbiyadan.
27 Май 2022, 00:49 | Савол-жавоблар | 140 | Oila va turmush