Islom bankidan qarz olish haqida!

Assalamu alaykum va rohmatulloh!Hazrat, oshnam bilan tijorat qilmoqchiydik. Lekin hozir qo‘limizda ko‘p pul yo‘q edi. Dubai Islami’ Bank dan qarz olmoqchiydik. O‘zimizam Dubaydamiz. Lekin, bu bank qarzni 6 oy ichida qaytarilsa evazsiz (ya‘ni tekinga) va 6 oydan keyin to‘lansa ma‘lum miqdor qo‘shib qaytarish (eng uzoq muddat 4 yil. 4 yildan keyin to‘lansa berilgan qarz summasi va uning oltidan bir qismini qo‘shib berish) hisobiga berar ekan. Shu tarafini o‘ylab, ribo emasmikin deb olmay turibmiz. (6 oy ichida uza olmasak kerak)Hazrat, shu bankdan qarz olsak bo‘ladimi, umuman islomiy banklar ham ma‘lum miqdor hisobiga qarz berishi shari‘atimizda joizmi, agar joiz bo‘lsa bu o‘sha ustiga beriladigan ma‘lum miqdor ularni xizmati uchun bo‘ladimi? Savol berishdan oldin "Moliyaviy muomalalar" bo‘limidagi avvalgi savol-javoblarni o‘qib chiqdim va faqat bir birodarimiz Qirg‘izistonda Islom Taraqqiyot Banki filiali ochilganligi va shu bankdan pul olsa bo‘ladimi degan savollariga, bu bank shari‘at qoidalari asosida ishlaydi deb javob bergan ekansiz. Bundan boshqa mavzuga aloqador savol va javobni topa olmadim. (Agar bor bo‘lib ko‘rmay qolgan bo‘lsam, uzr ming bora). Savolimda kamchilik yo tushunmovchilik bo‘lsa ming bor uzr. Alloh taolo sizni o‘z panohida asrasin!Assalamu alaykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Islom banklari shariat ta’limotlari asosida ish olib borishadi. Ammo siz aytgan gaplarni tushuna olmadim. Ustamaga so‘ralayotgan mablag‘ bank xizmatimi yoki boshqa narsami aniqlash kerak. Ularning o‘zlaridan so‘ranglar.

27 Май 2022, 00:51 | Савол-жавоблар | 134 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar