Yana karikatura boshlandi shekilli

:ra Fazilatli Shayx janoblari Assalomu Alaykum! Internetdagi ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha Germaniya davlatida faoliyat yurituvchi “Germaniya uchun” nomli xarakat faollari tomonidan 2012 yilning avgust oyida "Germaniya uchun Islom yod narsa” shiori ostida namoish o‘tkazishlarini e’lon qilishgan. Mazkur namoishning eng yomon tarafi shundagi bu kishilar o‘z namoishlarida Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayxi vasallamning rasmlarini (karikatura shaklida) ko‘tarib chiqishlarini aytishgan. Germaniyada Islom dini namoyondalari bu xarakatni oldini olish uchun Germani sudlariga da’vo ariza bilan murojaat qilishgan, ammo sud da’vo arizani qanoatlantirmagan. Sudning aytishicha namoishchilar tomonidan Payg‘ambarim sollallohu alayxi vasallam rasmlarini ko‘tarib chiqish ularni qonun xujjatlariga zid emas emish... Bu xolat fitnalarni ashaddiylaridan yana biri bo‘lishi aniq. Agar shu xolat yuzaga keladigan bo‘lsa (Allox asrasin) dunyodagi o‘zi shunday xam notinch vaziyat yana keskin tus olishi turgan gap. Faziylatli Shayx janoblari, Siz xam bu ma’lumotlarni eshitgandirsiz. Dunyodagi o‘zini bilgan birorta xam musilmon boshqa din vakillarini muqaddas narsalarini kalaka qilmaganligi faktligicha qolishi bilan birga, boshqa ahli kitoblar tomonidan bu ishni teskarisini qilinishini nima deb baxolasa bo‘ladi. Bu borib turgan nobakorlikdan boshqa narsa emasku. Fikrlarimni yana davom ettirishim mumkin edi, ammo Sizni vaqtingizni olishni istamadim. Xazrat, Bu narsalarni yuragim ezilib ketganidan, yozmaslik uchun iymonim tinchlik bermaganligidan yozdim. Islom dushmanlarini ayniqsa Payg‘ambarimiz solllalohu alayxi vasallamni masxara qilganlarni Alloh O‘zi jazolasin. Omiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Omiyn!

27 Май 2022, 00:53 | Савол-жавоблар | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar